Bepul ilova sizning
ekskursiyalaringizni chindan ham yorqin
va esda qolarli bo'lishini ta'minlaydi.
NazzAR rejimlari mamlakatning madaniy joylari bo'ylab sizning
qiziqarli
va bilimni boyituvchi ekskursiyalaringiz uchundir.
"Tanib olish" rejimi - smartfoningiz kamerasini to'ldirilgan
reallik bilan bog'laydi va u to'g'ridan-to'g'ri muzey hududida
ishlaydi. Siz faqat maxsus stiker
bilan belgilangan eksponatlarga kamerani yo'naltirishingiz kerak
xolos. Keyin muzeyga tashrifingizdan zavqlanish qoladi. NazzAR
sizni eng muhim eksponatlar bilan tanishtiradi va ular
to'g'risida yanada qiziqarli ma'lumotlarni e'tiboringizga havola
etadi.
Virtual tur formatidagi 3D-tur turli xil muzeylar va tarixiy-madaniy meros ob'ektlarini virtual reallik rejimida ekskursiyani o'z ichiga oladi. Ko'p tilli virtual tarjimon bilan tematik 3D ekskursiyalar sizga uydan chiqmasdan makon va vaqtlar uzra sayohatni amalga oshirish imkonini beradi.
NazzAR ilovasi orqali qaysi muzeylar hamda tarixiy-madaniy meros
ob'ektlariga mustaqil ekskursiyani
amalga oshirishingiz mumkinligini bilib oling.